Bir hafta oldin Toshkent shahrida yo‘qolib qolgan yetti yoshli Murodjon sog‘-salomat holda topildi. Bu haqda bolakayning otasi Qobiljon Abdurahimov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi. Sof.uz shu haqda yozmoqda.
Bolakay 7 iyul kuni ertalab Yakkasaroydagi uyidan deraza orqali chiqib ketgan. 13 iyul kuni u Uchtepa tumanidan topildi.
«Uni onasining o‘zi soat kechki 6—7 lar atrofida topdi. U ustiga yangi kiyimlar kiyib olgan va mahalladagi bolalar atrofida o‘ynayotgan bo‘lgan. Unga kim qarab turganini biz bilmaymiz. Odamlarning aytishicha, u qari bir kishi bo‘lgan», — dedi Qobiljon Abdurahimov.
«Yakkasaroy tumani IIB xodimlari guvohlarni so‘roq qilmoqda. Biz u inson kim bo‘lishidan qat’i nazar farzandimizga g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz», — deya qo‘shimcha qildi u.