17 iyun kuni Bosh vazir Abdulla Aripov O‘zbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida yig‘ilish o‘tkazdi. Uznews.uz shu haqda yozmoqda.
Yig‘ilishda maktab direktorlari, Xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari va Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Bosh vazir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 10-11 sinflarni sinov tariqasida qaytadan tiklash haqidagi taklifini e’lon qildi.
Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10-11 sinflarni ochish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, maktablarda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlovchi “nulevoy” sinflari ochiladi.
Bosh vazir shuningdek, 10-11 sinf o‘quvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlashga ko‘rsatma berdi.