Bilasizmi?

«Toyota» interaktiv intererli bolalar avtotreylerini ishlab chiqdi

Toyota kompaniyasi, 9 iyun kuni ish boshlaydigan Tokio o‘yinchoqlar ko‘rgazmasida Camatte Capsule konseptual treylerini namoyish etadi. Uning ilk namunasi bolalarga o‘zlari uchun eng ajoyib xonani shakllantirish imkonini beradigan interaktiv tizimga ega, deb Kun.Uz xabar bermoqda.

Treylerning gabarit o‘lchami quyidagicha: uning bo‘yi 3785 mm, eni 1500 mm, balandligi esa 1845 mmga teng. Konseptning ichki devoriga uchtadan katta ekran o‘rnatilgan bo‘lib, ularda interer buyumlarining suratlari aks etadi.

Bolakay maxsus mobil ilovaga ega planshet kompyuter yordamida xona uchun 6ta tus va 24ta turli buyumdan xohlaganini tanlay oladi. Ular orasida, mebel, musiqa asboblari, sport buyumlari hamda xo‘jalikda duch kelinadigan boshqa narsalarning suratlari mavjud.

Bolalar interer tayyor bo‘lgach, uni ota-onasi bilan muhokama etishlari mumkin.

Aytish joizki, mazkur treyler «Toyota»ning bolalar uchun maxsus ishlab chiqqan birinchi mahsuloti emas. Avvalroq, Camatte dasturi doirasida Sora va Daichi elektr prototiplari, shuningdek 57 va Hajime konseptlari ishlab chiqilgan edi. Bular, bolalarga mashina boshqarishni o‘rgatish maqsadida yasalgandi.