AQShning Portlend shahrida yashovchi uch yoshli Baddi ismli bola va uning Rigan laqabli iti Instagram’da mashhur bo‘lib ketishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri. Bolakay bilan itning do‘stligini aks ettiruvchi suratlarni bolaning ota-onasi bir yildan ko‘proq vaqt avval ijtimoiy tarmoqqa joylashtira boshlashdi.
Ta’kidlanishicha, bolaning ota-onasi Sendi va Erik Sviridoff itni 8 oyligida boqib olishgan. It o‘zining kichik egasidan bir qadam ham nariga ketmaydi. Bola va it barcha ishni birga qilishadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda bola va itning turli kostyumlardagi va qiziq holatlardagi suratlari muntazam chop etib boriladi.
Bola va itning sahifasini 100 mingdan ko‘proq odam kuzatib boradi. Bolaning onasi farzandi va itining suratlarini kitob uchun yig‘a boshladi. U 2017 yildan boshlab bu suratlar aks etadigan kitoblarni sotib, tushgan pullarni xayriya ishlariga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Ma’lum qilinishicha, bunday kitobning bir donasi narxi 20 dollarni tashkil qiladi.