O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish maqsadida 696 milliard so‘mlik 9 ta loyiha amalga oshirilishi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz.
"Buning hisobiga kam ta’minlangan oilalar farzandlari maktabgacha ta’lim muassalari (MTM)ga qamrab olish ikki martaga ko‘payadi. Viloyatda 103 ta MTM yangidan quriladi va kapital ta’mirlanadi.
Shu bilan birga hududda ota-onalarning MTMlarga oylik to‘lovi ikki barobarga kamaytiriladi. Bu qaror chiqqan. Barcha tumanlarda suv havzalari quramiz. Ikkita teatr, 87 ta madaniy markaz quriladi va qayta ta’mirlanadi", - dedi Sh.Mirziyoyev.