Bilasizmi?

Xorijga parvoz: Farzandingizni yolg‘iz jo‘natmoqchimisiz?

So‘nggi paytlarda goh o‘qish,  goh yumush, yoki sayohat sabab chet elga parvoz qilayotganlar soni ortib bormoqda. Aviaparvozning ham ma’lum tartib va qoidalari ham mavjud, masalan voyaga yetmaganlarni mustaqil xorijga chiqishi masalasi. Xo‘sh, voyaga yetmagan shaxslar ota-ona yoki biror qarovchisiz samolyotda parvoz qila olmaydimi? Bu borada mavjud tartib va qoidalar qanaqa? Shuningdek, farzandini chet elga jo‘natayotganlar uchun  qanday yengilliklar bo‘lishi mumkin? Bu kabi savollarga “O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK bosh birektorning birinchi o‘rinbosari A.Akbarov orqali oydinlik kiritamiz.

15 YoShGAChA BO‘LGANLARGA “HAMROH” BO‘LIShI ShART! —  15 yoshgacha bo‘lgan bolalar "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida xorijga kuzatib boruvchi shaxs hamrohligida belgilangan tartibda uchishi mumkin. Tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimga ega bo‘lgan davlatlarga uchish vaqtida bolaning pasportida O‘zbekiston Respublikasi IIV ChKvaFRB bo‘linmasining bolani kuzatib boruvchi shaxshaqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan «Hamrohlik qiluvchi shaxs» shtampi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi bilan viza rejimiga ega bo‘lgan davlatlarga uchish vaqtida pasportdagi "Ruxsat beruvchi yozuv" stikerida hamrohlik qiluvchi shaxs haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

15-18  YoShLILARGA ESA NOTARIAL TASDIQLANGAN ROZILIK ASOSIDA —  O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari ota-onasi yoki vasiylarning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil xorijga chiqishi uchun notarial tasdiqlangan roziligi asosida aviabilet xarid qilishi va mamlakatimiz xududidan tashqariga chiqishi mumkin.

Maqolaning to‘liq talqinini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 39-sonida o‘qishingiz va mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz mumkin.

Manba: Darakchi.uz