Oradan uch yil o‘tib Yamaha bolalar kvadrotsikllarini ishlab chiqarishga qaytdi. Yangi kvadrotsikl Raptor 90 Y-10 sinfiga mansub bo‘lib, 10 yoshdan oshgan bolalarga mo‘ljallanganini anglatadi.
Raptor 90 bo‘g‘imidagi bolalar kvadrotsikllarini ishlab chiqarish 2013 yilda to‘xtatilgan edi. Bunga sabab mahsulot o‘zining oqlamaganligidir. Obdan takomillashtirilgach, “Raptor” yangi rusum singari bozorga qaytdi.
Eski variantidan farqli holda Raptor 90ning yonilg‘i baki 6,4 litrgacha kattalashtirildi, 89,9 sm kubli yangi dvigatel qo‘yildi. Orqaga qarab yurish mumkin.
Kvadrotsiklning jussasi kattalashgan. Uzunligi 1486, kengligi 1021, bo‘yi 955 mm. Jihozlangan holda vazni 127 kg.
Asos komplektatsiyasi tarkibida ikki elektrostartyor (biri ehtiyot yuzasidan), havo filtri, barabanli tormoz, Duro shinalari kiygazilgan g‘ildirak va bir talay yangi aksessuarlar mavjud.