Bilasizmi?

Yil oxirigacha bolalarning MTMlarga qamrovi ko‘rsatkichlari 47 foizga yetkaziladi

2018 yilning may oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM)ga qamrovi 33 foizni tashkil qilmoqda. Yil oxiriga borib, bu ko‘rsatkichni 47 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. MTM vazirligi rahbari Agrepina Shin prezidentning Facebook'dagi sahifasi orqali taqdim etilgan intervyusida shunday ma’lumot berdi, deb yozadi Kun.uz.

"2017 yilning sentyabrida Maktabgacha ta’lim muassasalari tizimida 4900 MTM faoliyat ko‘rsatayotgan edi, bundan atigi 178 tasigina nodavlat MTM bo‘lgan, ya’ni xususiy sektor ulushi 0,04 foiz atrofida bo‘lgan. Erta yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning MTMga qamrovi o‘sha payt o‘sha vaqt 28 foizni tashkil qilgan, hozirda 2 million 500 ming nafardan iborat", - deydi Agrepina Shin.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugunga kelib mamlakatdagi MTMlar soni 5800 taga yetgan bo‘lsa, ulardan 400 tasi nodavlat MTM hisoblanadi, ya’ni o‘tgan yetti oy ichida MTMlar soni deyarli 855 taga oshdi.

Bunga uch sabab keltirildi:

  1. Qurilish;
  2. Xususiy sektor rivoji;
  3. Muayyan bo‘limlarning qayta tashkil qilinishi.

https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/1027765207387600/