Ob-havo yomon bo‘lganda va tashqarida uzoq vaqt qolishning hech iloji bo‘lmay qolgan paytlari bola uchun eng yaxshi mashg‘ulot – bu uyda vaqtni birgalikda o‘tkazish.
Birgalikdagi vaqtlaringizni iloji boricha televizorsiz, kompyutersiz o‘tkazishga harakat qiling. Bolalar uchun uyda o‘ynaladigan turli xil o‘yinlar o‘ynash, shuningdek ijodkorlik va hunarmandlik bilan shug‘ullanish ham mumkin.
Kitoblar
Kitoblar – vaqt o‘tkazishning ajoyib vositasi hisoblanadi. Ular faqat o‘qish va rasmlarini tomosha qilish uchun kerak bo‘ladi deb o‘ylamang.
Uzoq vaqt o‘tirib qoldingizmi, harakat qilishni xohlaysizmi? Juda yaxshi!
Bolangizga sportning yangi turini taklif qiling – uning boshiga kitobni qo‘ying va u kitobni yerga tushirib yubormasdan xonalar bo‘ylab yursin.
Bu unchalik oson ish emas. Ehtiyotlik bilan qomatni tik tutib va boshni baland ko‘tarib harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Kitob bilan kim uzoq vaqt va uzoqroqqa yura olishi bo‘yicha musobaqa tashkil qiling.
Liboslar
Kiyinishni faqat qizlar yaxshi ko‘radi deb o‘ylash noto‘g‘ri. O‘g‘il bolalarga ham g‘ayrioddiy va yangi liboslar kiyish yoqadi. Teatr, karnaval, boshqacha shaklga kirish – bolalar ayniqsa sevimli qahramonlarining liboslarini o‘ylab topishni juda sevadi.
Bolalar uchun o‘yinlar
Bolalar izlash bilan bog‘liq o‘yinlarni yaxshi ko‘radi. Uyda xazinalar, qaroqchilar xaritasi va sarguzashtli voqealar bilan bo‘ladigan o‘yinlar uyushtiring.
O‘yinga o‘rgatuvchi elementlarni qo‘shish foydali: masalan topilgan harflardan yo‘l ko‘rsatuvchi so‘z tuzish, keyingi yo‘l ko‘rsatgichni xuddi shu rangdagi kitobdan izlab topish va h.k.
Manba: Daryo.uz