Instagram yulduzi bo‘lish uchun yosh va chiroyli bo‘lishning o‘zi yetarli emas: agar sizning yoqimtoy ayolingiz va to‘rt nafar bir-biridan ajoyib qizlaringiz bo‘lsa, undan-da yaxshi. 9 va 6 yoshli hamda 9 oylik egizak qizlarning otasi Saymon Xuper o‘zining father_of_daughters instagram-akkaunti orqali bolali bo‘lishdan qochuvchi yigitlarga ota bo‘lish - baxt ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Konsalting firmada operatsion direktor bo‘lib ishlovchi Saymonning ijtimoiy tarmoqda 300 ming folloverlari bor. Uning turmush o‘rtog‘i Klemmi ham Instagram tarmog‘ida o‘z sahifasini yuritadi: uning mother_of_daughters akkanutiga 143 kishi yozilgan. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Bilasizmi?