Maktab yoshi

Yoz o‘tsin soz!

Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, axir ular uchun bu faslda darslar va uy vazifalaridan ozod bo‘lgan ta’til kunlari boshlanadi-da. Endi ular vaqtini o‘zlari istagandek o‘tkazishi mumkin, ammo biz mas’uliyatli ota-ona sifatida farzandimizni kun bo‘yi televizor yoki kompyuter qarshisida o‘tirishini istamaymiz albatta. Chunki, har bir ota-ona farzandining shunchaki vaqt o‘tkazishini emas, balki sog‘lom o‘sishi, yangi narsalarni o‘rganishi va albatta, dunyoqarashi keng bo‘lishini istaydi. Demak, yoz kunlarida farzandlarimizni nimalar bilan mashg‘ul qilsak bo‘ladi?

 Sport

1BVsiTD1b0BYqhrq

Bolangizni professional sportchi qilish maqsadida bo‘lmasangiz-da, unga yoz kunlarida futbol yoki basketbol o‘ynash foydali, degan fikrga hoynahoy qo‘shilsangiz kerak. Uyingiz atrofida farzandingiz o‘rtoqlari yoki hech bo‘lmaganda, siz bilan o‘ynashi mumkin bo‘lgan maydoncha bo‘lsa, maslahatimiz aynan siz uchun!

Asfaltga rasm chizish

b9sPRegkydmbLehV

Bu – dimiq sinf xonasida o‘qituvchining nazorati ostida berilgan vazifani chizishdan butkul farq qiladi. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa – unga rangli bo‘rlar olib berish va uning tasavvurlari parvozini cheklamaslik. Bu mashg‘ulot farzandingizni uzoq vaqt band qilib turish barobarida tasavvur olamini ham boyitadi. Agar siz ham bolaligingizni yodga olmoqchi bo‘lsangiz, hech ikkilanmay unga qo‘shilishingiz mumkin. Qo‘shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, bu nafaqat qiziqarli, balki foydali mashg‘ulot hamdir. Sababi, farzandingiz chizgan rasmlar ularning o‘zlari haqida ko‘pgina ma’lumotlarni beradi: oilani qanday tasavvur qilishi, nimani yoqtirishi-yu, nimani istayotgani kabi ko‘plab ma’lumotlarni aynan ular chizgan rasmlarni kuzatib anglab olishingiz mumkin.

Velosiped va roliklarda uchish

wXjuzOtSahgHgfJ0

Deyarli har birimiz uchun bolalikning yorqin xotiralaridan biri aynan velosiped haydashni o‘rganish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, yiqilganmiz, balki boshida o‘xshamagandir. Ammo ilk marta o‘zi mustaqil velosipedni boshqargan bolakay qancha g‘urur va shodlikni his etishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Taom tayyorlash

NIy3cS7dl0lw9Fv7

Bu biz kattalar uchun har kungi bir xil yumush sanaladi, bolalarimiz uchun esa, unutilmas tajriba va o‘zlarini “kattalardek” his qilishlari mumkin bo‘lgan qiziqarli mashg‘ulotdir. Yoz fasli esa taom tayyorlashni o‘rgatish uchun eng qulay fasl. Chunki barcha meva va sabzavotlardan salatlar va tabiiy sharbatlar tayyorlash mumkin bo‘lib, imkoniyatlar cheklanmagan. O‘rganishni esa oddiy salat va mevali kokteyllarni tayyorlashdan  boshlash maqsadga muvofiq, bu- xavfli bo‘lgan gaz plitasidan uzoqroq bo‘lishni ta’minlaydi.

Suv tomon olg‘a!

23lMEfjXSIPbntCJ

Yoz faslini cho‘milish yoki suzish mashg‘ulotisiz tasavvur qilish mumkinmi? Farzandingiz bilan cho‘milish havzalariga boring, birgalikda vaqtingizni chog‘ o‘tkazish barobarida, uning yaxshigina chiniqishiga ham zamin yaratgan bo‘lasiz.

To‘garaklar

pgxydGl-c0Jtvvy-

Kelajakda asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni o‘rgatadigan  tikish, to‘qish, kompyuter, ingliz tili va shunga o‘xshash boshqalarni ham kiritish mumkin.

Maktabga tayyorlash

w59leBiCrPEA0pbC

Bu – farzandi ilk marta maktab ostonasiga qadam  qo‘yadigan ota-onalarga tegishli. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar asrida ko‘pgina bolalar o‘qish va yozish kabi boshlang‘ich bilimlar bilan birinchi sinfga chiqmoqda. Farzandingizning boshqa bolalardan ortda qolmasligini istasangiz, ular bilan maktabga chiqishidan oldin shug‘ullaning.

Shuni ham yodda tutingki, siz qaysi mashg‘ulotni tanlashingizdan qat’iy nazar, bola uchun bir daqiqa ham bo‘sh vaqt qolmaydigan kun tartibi tuzishga harakat qilmang. Axir, hozir yoz – ularning o‘ynab-quvnab qolish vaqti-ku!

Maqolani tayyorlashda Lady.mail.ru sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.