Bola 7 oyligida quyidagilarga qodir bo‘ladi:
- ko‘pgina so‘zlar ma’nolarini anglaydi;
- hissiy jihatdan onasiga juda bog‘langan, uning ortidan yuradi;
- onasidan biroz vaqtga ajraladigan bo‘lsa, qo‘rquv his qiladi;
- kichik buyumlarni kattasiga solishni biladi;
- biror narsaga tayanib tik turadi, to‘siqdan o‘ta oladi;
- mustaqil tarzda o‘tirishni o‘rganadi;
- emaklashni o‘rganadi;
- qornida yotgan holda chalqancha bo‘lib oladi va aksincha;
- qoshiqdan ovqat yeydi, piyoladan suv ichadi;
- saranjomlikni saqlash bo‘yicha harakatlarni eslab qoladi va ular haqida onasiga “eslatadi”;
- chapak chaladi va boshqa qo‘l harakatlari bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘ynaydi.
8 oyligida:
- xuddi gapirayotgandek bidirlaydi;
- “qo‘lingni ber”, “boshingni eg” kabi so‘rovlarni tushunadi va bajaradi;
- eng sodda harakatlarni bajarish bilan bog‘liq o‘yinlarni o‘ynaydi, raqsga tushadi;
- onasidan biroz vaqtga ajralganida kuchli qo‘rquvni his qiladi;
- “begona” va “o‘z” odamlarini aniq ajratadi;
- keskin, kutilmagan tovushlardan cho‘chiydi;
- mustaqil ravishda o‘rnidan turadi va biror narsaga tayanib yuradi;
- mustaqil o‘tira oladi;
- faol ravishda emaklay boshlaydi;
- yumshoq yegulikni tishlab oladi va chaynaydi;
- bo‘tqadan maydalangan ovqatga o‘tadi;
- tuvakka o‘tqizilganida o‘zini bemalol his qiladi.
9 oyligida:
- bidir-bidirni ohangga soladi;
- onasining, qo‘g‘irchoqning va o‘zining burun, og‘iz va boshqa tana qizmlarini ko‘rsatadi, ba’zan o‘sha a’zoga barmog‘ini to‘g‘ri olib bora oladi;
- teshikchalarga barmog‘ini soladi;
- qog‘ozni yirtish va g‘ijimlashni biladi, kaftchasida loyni ezadi;
- karton kitobning qalin sahifalarini varaqlaydi;
- mustaqil tarzda o‘tiradi, biror narsadan ushlab yuradi, emaklaydi;
- tayanmasdan tura oladi;
- marom bilan sakraydi, biror narsaga tayanib cho‘kallab o‘tiradi.
10 oyligida:
- katta odamning nutqiga quloq soladi va uning ovoziga taqlid qiladi;
- o‘ziga qaratilgan hazillarni qabul qiladi;
- kulgili eshitiladigan tovushlarni chiqaradi va ularning ustidan kuladi;
- qiziqarli o‘yinlardan xursand bo‘ladi;
- bir buyumni ikkinchisining ichiga qo‘yadi;
- kattalaridan ko‘ra, kichik buyumlarni afzal ko‘radi;
- bir buyum yordamida ikkinchisini oladi;
- ongli tarzda buyum yoki o‘yinchoqlarni otadi;
- mashinalarni yurgizadi, to‘pni dumalatadi;
- o‘tiradi, emaklaydi, tayanib yuradi;
- ko‘krak sutidan xotirjamlik bilan ajraladi;
- mayda to‘g‘ralgan ovqatni chaynab yeydi;
- boshqa bolalarga nisbatan kuchli qiziqish bildiradi.
11 oyligida:
- ota-onasi u haqda gaplashayotganini tushunadi;
- jonivor va qushlar tovushiga taqlid qilib, so‘zlar talaffuz qiladi;
- keltir, ber, olib bor, qo‘y, ol degan iltimos va buyruqlarni bajaradi;
- o‘z harakatlari maqtalishi va ma’qullanishini kutadi;
- ma’qullash ma’nosida bosh silkiydi va inkor ma’nosida bosh chayqaydi;
- ma’qullash yoki kechirish ma’nosida qo‘l siltaydi, bosh irg‘ab minnatdorlik bildiradi;
- bitta harakatni cheksiz tarzda qaytarib, takomillashib boradi;
- o‘zi qoshiq bilan yeyishga urinadi, piyoladan suv ichishni yaxshi biladi;
- zinaga chiqib-tushadi, faol ravishda emaklaydi;
- mustaqil yurishga intiladi;
- turnikda bir daqiqagacha osilib turishi mumkin.
12 oyligida:
- 10—15 ta oson va taqlidiy so‘zlarni aytadi;
- mustaqil qadam tashlaydi;
- o‘zini turli odamlar bilan turlicha tutadi;
- mustaqil bo‘lishga harakat qiladi;
- salbiy hissiyotlarini faol tarzda namoyon qiladi;
- piramida yasaydi, kubiklardan 2—3 ta shakl yasaydi;
- xamir yoki loydan non yoki tasma yasaydi;
- qiziqishlarini aniq-ravshan bildiradi, sevimli va xush ko‘rmaydigan mashg‘ulotlari bo‘ladi;
- izoh bergan holda rasm chizadi;
- qattiq ovqatni tishlab uzadi, chaynaydi;
- qoshiq va piyoladan foydalanadi.