Ikki yoshli egizak aka-ukalar Broudi va Brok Shoff o‘z xonalarida o‘yin o‘ynayotib, komodni ag‘darib yuborishdi. Mebel egizaklardan birining ustiga tushdi, buni ko‘rgan ikkinchi bolakay esa unga yordam berishga shoshildi. Sof.uz shu haqda yozmoqda.
Bolalar o‘ynayotgan paytda ona uyda bo‘lgan, biroq komodning qulaganini eshitmagan. Ma’lum bir vaqt o‘tgach, u bolalarning xonasiga kirib, komodning yerda ag‘darilib yotgani, bolalarning esa sog‘-omonligini ko‘rgan.