Salomatlik

5 yoshli bolaning rivojlanishi

Yoshi 5 ga to‘lgan bola ko‘p narsalarni mustaqil ravishda bajara oladi. Bu davrda ularning ma’naviy rivojlanishi nihoyatda keskin bo‘ladi. Oila 5 yoshli bola uchun eng muhim va eng kerakli maskan. Aynan oila davrasida u ochiladi.

Ko‘p savol berish va hamma narsaga qiziqish 5 yoshli bolalarning odati. Bu davrda ularning savollariga nihoyatda jiddiy va o‘ylab javob berish lozim. Ular hozir har bir gapga haqiqatdek qaraydilar. Bola bu davrda u bilan suhbat olib borishligini yaxshi ko‘radi.

Besh yoshli bolalarda tasavvur qilish qobiliyat juda kuchli bo‘ladi. Ba’zida ular tasavvur bilan haqiqatni adashtirib yuboradilar. Shunda ularni yolg‘onchiga chiqarishga shoshilmaslik kerak. Aslida bu davrda bola juda ko‘p tasavvur qilgani uchun ba’zi o‘ylab topgan narsalarni haqiqatdek so‘zlaydi. Agar bola yolg‘onni ma’lum bir maqsadda ishlatayotgan bo‘lsa, u holda unga haqiqat qanchalik yaxshi ekanligini tushuntirib berish kerak.

Bu yoshdagi bolaning tarbiyasi asosan bir tamoyilga qaratilgan bo‘ladi, rag‘batlantirish. Aynan rag‘batlantirish orqali boladan ma’lum bir faoliyatni endi talab qilsa bo‘ladi. Masalan, "o‘yinchoqlaringni yig‘ib qo‘ysang, multfilm ko‘rasan" yoki "rasm chizib bo‘lsang, ko‘chada o‘ynagani chiqasan" va hokazo. Bola bu yoshda ma’suliyatni his eta olgani uchun, rag‘batlantirishga to‘g‘ri munosabat qila oladi.

Besh yoshli bola:

  • O‘qishni o‘rganishni boshlashi mumkin;
  • Fasllarni ajratadi va xodisalar bilan bog‘lay oladi;
  • Ma’noli chizadi;
  • Ko‘rgan narsasini ta’riflab bera oladi;
  • Multfilm ko‘rishni yaxshi ko‘radi;
  • Sanashni biladi;
  • Ko‘rsatib bersa, qog‘oz va plastelindan har xil narsalar yasay oladi;
  • Ko‘p savol beradi;
  • Kitobning rasmlariga qarab ertak aytib bera oladi.
  • Jismoniy mashg‘ulotlarni bajara oladi;
  • Tishini mustaqil ravishda yuvadi;
  • Xonasini yig‘ishtira oladi;
  • Bo‘yoqlarda chiza oladi.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: Uzbaby.Uz