Bilasizmi?

6 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi sport ustaligiga nomzod bo‘lgan dunyodagi eng yosh shaxmatchiga aylandi

O‘zbekistonlik 6 yashar shaxmatchi Humoyun Bekmurodov sport ustaligiga nomzod sportchiga aylandi.

Daryo.Uz'ning yozishicha, tashkilot FIDE prezidenti Kirsan Ilyumjinovdan maktub olgan bo‘lib, unda yosh shaxmatchining sport ustaligiga nomzod bo‘lgani bilan muborakbod etilgandi.

«Sen 6 yosh-u 5 oyligingda sport ustaligiga dunyodagi eng yosh nomzod bo‘lib, shaxmatning yangi rekordini o‘rnatding», — deb yozilgan maktub ostiga Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidentining imzosi chekilgandi.