Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga har tomonlama ko‘mak berishda, ayniqsa ularning salomatligi yo‘lida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi xayrli ishlarni muntazam amalga oshirib kelmoqda.
Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida navbatdagi 8 nafar bemor bolalar Germaniya klinikalarida davolanish uchun jamg‘arma vakillari xamrohligida Germaniyaga jo‘nab ketishdi, deb yozmoqda Darakchi.uz.
Ushbu jamg‘arma hozirda bir qator loyihalar asosida kam ta’minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida chet el nufuzli klinikalarida davolash maxsus dasturini ishlab chiqqan bo‘lib, jumladan, Germaniyaning «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti bilan birgalikda 2002 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitatsiya qilish borasida turli tashxislar bilan Germaniya klinikalarida davolanishdi.