Bilasizmi?

"Anhor-Lokomotiv" istirohat bog‘i o‘z eshiklarini ochdi (Foto)

Avval xabar qilinganidek, 8 avgust kuni Toshkentda yangi "Anhor-Lokomotiv" dam olish va istirohat bog‘i ochilishi kutilayotgan edi.

8 avgust kuni soat 17:00 da mazkur ko‘ngilochar maskan ilk mehmonlarni kutib oldi. Bu haqda Uz24.Uz yozmoqda.

Ma’lum qilinganidek, "Anhor-Lokomotiv" dam olish va istirohat bog‘i Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining sobiq "A" hududida bunyod etildi. Bog‘ poytaxtimizning Labzak hamda Zulfiyaxonim ("Anhor" kanali) ko‘chalari oralig‘ida joylashgan.

Mazkur istirohat bog‘idan respublikada eng katta hisoblangan kartodrom (maydoni 12 000 kv.m.), filmlar namoyish etiladigan, konsertlar o‘tkaziladigan yozgi maydon, maydoni 1 810 kv.m. bo‘lgan, katamaran va retro-mashina shaklidagi elektr qayiqlari bo‘ladigan sun’iy suv havzasi, 4 ta kinozal, 320 o‘rinli restoran, yangi kafe, avtoturargohlar o‘rin olgan.

Yangi bog‘da, shuningdek, Toshkent teleminorasi, Kalta Minor minori, Sherdor madrasasi, Minorai Kalon, Toshkent kurantlari va Amir Temur davlat muzeyi kabi inshootlarning maketlari ham qurilgan.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati "Anhor-Lokomotiv" istirohat bog‘ining ilk ish kunidan suratlarni taqdim etdi:

 

IMG_20160808_153506

2_141613197827244653(1)

anhorsaylikartring

anhorsayli3

IMG_20160808_153512

IMG_20160808_153518

IMG_20160808_153523