AQShlik Tiffani ismli ayol bemor bolasi— Lyukka haftaning juma kuni qarash uchun Lillian Uayt ismli ayolni enagalikka yolladi, ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, o‘g‘lining sog‘ligi yomonlashganini sezdi, deb xabar bermoqda Darakchi.uz.
AQShning Kentukki shtatidagi Leksington shahrida yashovchi Tiffani Filds (Tiffany Fields) to‘rt yoshli o‘g‘li Lyukka qarash uchun uzoq vaqt enaga qidirdi. Chunki bolasi Daun sindromi bilan tug‘ilgan bo‘lib, yuragi bezovta qilgani sababli doimiy parvarishga muhtoj edi. Tiffaniga Lillian Uayt (Lillian White) ismli ayol ma’qul kelgani sababli uni bolasiga enagalik qilish uchun uyga taklif qildi. Lillianga faqatgina haftaning juma kunlari Lyukka qarash vazifasi yuklatildi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, bolasidagi o‘zgarishlarni ko‘rib, uyga videokamera o‘rnatishga qaror qildi. Videoga olingan lavhalarni ko‘rganda esa, vaziyat u o‘ylagandan ham og‘irligini tushundi.
Tiffani enaganing polda bolaning oyog‘idan sudrab, baqirib haqoratlaganini, taglikni almashtirish uchun ustiga chiqib olganini bazo‘r tomosha qildi. Bolaning sog‘ligi yaxshi emasligini, o‘zini g‘alati tutishini, unga bunday munosabatda bo‘lish stressga olib kelishini ayol yaxshi anglamagan, ko‘rinadi. Bu voqeadan keyin Tiffani enagani ishdan bo‘shatdi va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun sudga murojaat qildi.