Bolaning kechasi uyg‘onish sabablari quyidagilardan iborat:
- Siz bilan ajralish qo‘rquvi;
- Bola yangi rivojlanish bosqichidan o‘tishi;
- Temperament: bola yuqori talabchanligi bilan ajralib turishi;
- Oilaviy o‘zgarishlar;
- Yangi uyga ko‘chish;
- Ota-onadagi depressiya;
- Ota yoki ona safarda bo‘lishi;
- Bolaning kiyimi noqulayligi;
- Tish chiqishi;
- Kir yoki ho‘l pampersda bo‘lishi;
- Tagining qizarib ketishi;
- Och qolishi;
- Burni bitib qolishi;
- Havo juda issiqligi;
- Havo juda sovuqligi;
- Nafas olishiga to‘sqinlik qiluvchi hidlar mavjudligi: sigaret tutuni, parfyumeriya, hayvonlar qazg‘osi, chang;
- Sut yoki boshqa mahsulotlarga allergiya;
- Sho‘lqinlik;
- Shamollash;
- Quloq yallig‘lanishi;
- Tananing yuqori harorati;
- Ko‘ngil aynashi;
- Glistlar;
- Siydik yo‘llarining yallig‘lanishi.
Nima qilish kerak?
- Bola bilan birga uxlang;
- Allalatib uxlating;
- Emizib uxlating;
- Uyqudan oldin yengil massaj qiling;
- Qo‘lda olib yuring;
- Bo‘yningizga boshini yotqizib uxlating;
- Qo‘l oyoqlarini asta o‘rab qo‘ying;
- Yumshoq narsadan (ayiq-o‘yinchoq yoki mayin adyol) foydalaning;
- Qo‘lingiz bilan silab uxlating;
- Belanchakdan foydalaning;
- Iliq suvda cho‘miltiring;
- To‘shakni ilig‘lating;
- Tinchlantiruvchi musiqani qo‘yib uxlating;
- Ona qornida bo‘lgan davridagi tovushlarni eshittiring (yurak urushi, onaning allasi);
- Onaning kiyimidan birini bola oldida qoldiring;
- Uyqudan oldin yengil ovqatlantiring;
- Mashinada uchiring;
- Paxta tolalaridan qilingan qulay kiyim kiyg‘izing;
- Vrachga ko‘rsating.
Manba: Uzbaby.Uz