O‘yinchoqni yaxshilab ko‘zdan kechiring. Shuningdek, o‘yinchoq o‘zidan o‘tkir hid taratmasligiga ahamiyat bering.
- Odatda, o‘yinchoqlarda uning necha yoshli bolalarga mo‘ljallangani haqida ma’lumot keltiriladi. Ammo shunda ham farzandingiz bu o‘yinchoqni o‘ynay oladimi yoki yo‘q, buni ham e’tiborga oling.
- Bolaga o‘yinchoq tanlaganda, uning hajmiga ham qarang. Bola oson ko‘tarib o‘ynay oladigan va unchalik katta bo‘lmagan o‘yinchoq xarid qiling.
- O‘yinchoqning rangi yorqin bo‘lishi kerak. Biroq ko‘zni qamashtiradigan rangli o‘yinchoqlar olmang. Bunday rangli o‘yinchoqlar bolaning ruhiy holatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
- Bolalarga quvnoqlikni bildirib turgan o‘yinchoqlar xarid qiling. Unutmang, o‘yinchoq bolaning rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘yinchoq bolaning o‘ynashi uchun kerak, xonani bezab turish uchun emas.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi