Kutubxona

Bolalar oshxonasi uchun ajoyib g‘oya

Shirin qizaloqlar hamma joyda onasining harakatlarini takrorlashga intiladi va unga o‘xshashni istaydi. Buni onalar juda yaxshi biladi. Shuning uchun har bir qizcha qo‘g‘irchoqlari uchun shirin tortlar va pishiriqlar tayyorlab berish mumkin bo‘lgan kichkina oshxonasi bo‘lishini orzu qiladi. Bolalar do‘konlarida albatta ularning istalgan didga mos keluvchi turli xilini uchratishingiz mumkin. Biroq odatda ular anchagina qimmat turadi.

Shuning uchun biz sizga ancha arzon bolalar oshxonasini taklif qilamiz. Uni o‘zingiz, g‘amxo‘r ona qo‘llari bilan yaratishingiz mumkin. Bunday mini-oshxona uchun bor-yo‘g‘i bir nechta eski quti va ba’zi mayda-chuyda qismlar kerak bo‘ladi.

Aytgancha, bunday oshxona g‘oyasi filippinlik yosh onalardan biri — Rodessa Vilanueva-Reyesga tegishlidir.

  1. Dastlab, barcha qutilarni bo‘lajak oshxona qanday ko‘rinishda bo‘lishini istasangiz shunga mos holda joylashtirib chiqish kerak bo‘ladi.qutilar
  2. Keyin eshikchalar va boshqa qismlarni kesib chiqishimiz zarur bo‘lgan chiziqlarni chizib olamiz.joylasht
  3. Keyin ularni bo‘yab hamda yopishqoq vinil lentadan yopishtirib chiqamiz.bo‘yash
  4. Ana endi oshxonachani boshqa jihozlar bilan jihozlaymiz.jihozlar
  5. Masalan, bu oshxonada qizaloqning ismi yozilgan kafe taxtachasi, menyu, noutbuk, telefon va boshqalar bor.noutbuk
  6. Oshxona rakovinasi uchun kastryulkadan, jo‘mrak uchun esa sovun dozatoridan foydalanilgan.rakovina

Bunday oshxona har qanday sotib olingan oshxonadan yaxshiroq! Uni qizalog‘ingiz uchun yasab berishga urinib ko‘ring!tayyor

Maqolani tayyorlashda "Ya Happy mama" sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.