Qo‘llari yaxshi rivojlanishi uchun bolaning plastilinda yasash bilan shug‘ullanishi juda foydali. Tayyor plastilin sotib olish ham mumkin. Lekin biz arzon masalliqlar yordamida mustaqil ravishda plastilin yasashni taklif qilmoqchimiz.
Buning uchun bizga 1 piyola makkajo‘xori mayda uni, 1 piyola makkajo‘xori kraxmali, soch uchun konditsioner kerak bo‘ladi.
Unni kraxmal bilan aralashtiramiz va oz-ozdan konditsioner qo‘shib massa elastik, cho‘ziluvchan xamir holatiga kelguncha, 3 daqiqa davomida qorishtiramiz. Keyin esa, u bilan ishlash qanday oson ekanligini o‘zingiz baholaysiz. Siz qo‘lda tayyorlagan plastilindan cho‘zish, qayirish va siqish yordamida har xil shakllarni bemalol yasash mumkin bo‘ladi.
Sizga bolalar bilan birga quvnoq ijodkorlik tilaymiz!
Manba: Daryo.uz