Bugunning bolalari ilk smartfonini bog‘chadayoq qo‘lga olayapti. Bu hol xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘zini oqlaydi, chunki farzandingiz doim siz bilan aloqada bo‘lib turadi. Ammo ota-onalar smartfon bola uchun Internetning keng va cheksiz olamiga eshiklarni ochib berishini ham unutmasliklari kerak. Aynan Internet farzandingizni ko‘chadagi «yomon bolalar»dan ko‘ra tezroq va osonroq yomon yo‘lga boshlab ketishi mumkin. Hozircha turli nazorat organlari «O‘rgimchak to‘ri»dagi barcha yomon narsalarga blok qo‘yish ustida bosh qotirayotgan bir vaqtda bolalar gadjetlarini farzandingiz uchun xavfsiz holga keltirish bo‘yicha ba’zi maslahatlar berishni lozim topdik.
Smartfonni bola bilan birga ishlatamiz: uni kattalarga mo‘ljallangan kontentlardan chegaralaymiz
Bugungi kun bolalarini sensorli ekran yoki simsiz Internet bilan lol qoldirib bo‘lmaydi. Ular xuddi shu kabi bilimlar bilan tug‘ilayotgandek, go‘yo. Hali tili chiqmasidan ota-onasining gadjetiga qo‘l cho‘za boshlaydi. Farzandingiz smartfoningiz yoki planshetinigzni bexosdan formatlab yubormasligi yoki ilovalar do‘konidan barcha o‘yinlarin sotib olib qo‘ymasligi yoxud beixtiyor bolalarga mo‘ljallanmagan kontentga ko‘zi tushib qolmasligi uchun qurilmaning operatsion tizimini boshqarish imkoniyatini cheklab qo‘yish zarur. Keragidan ortiq qiziquvchanlikdan himoya qilishning usullari esa bir talay.
Android planshetlarida 4.3 versiyadan boshlab tanlangan ilvoalar uchun cheklovlar qo‘yilgan qo‘shimcha akkaunt yaratish imkoniyati mavjud. Smartfonlarda esa cheklovlar qo‘yilgan profillar faqat Android 4.3 va 4.4 versiyalaridagina ishlaydi. Akkauntni yoqish uchun Sozlamalarga kirish, “Foydalanuvchilar” ilovasini topish, so‘ngra “Foydalanuvchini qo‘shish”ni bosish va “Cheklangan profil”ni tanlash kerak. Mazkur profilda bola faqat siz ruxsat etilganlar ro‘yxatiga qo‘lda kiritgan ilovalardangina foydalana oladi. Cheklangan profilda bola mustaqil ravishda ishchi stolning tashqi ko‘rinishini sozlashi mumkin. Bu esa asosiy foydalanuvchining ishchi stoliga umuman ta’sir ko‘rsatmaydi. Har bir hisob yozuvi uchun har bir ilova bo‘yicha ma’lumotlar alohida saqlanadi. Shu bois siz va farzandingiz bitta qurilmada bir xil o‘yinlarni o‘ynashingiz mumkin, bunda har kimning natijalari alohida aks etadi. Mazkur jarayonda administrator profiliga kirishni yaxshilab himoyalash juda muhimdir. Yaxshisi, buning uchun grafik kalitdan emas, balki PIN-kod yoki paroldan foydalangan ma’qul. Ammo, aksariyat Android-qurilmalarda qo‘shimcha hisob yozuvida faqat qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini o‘chirib qo‘yish mumkin xolos.
Agar buni yetarli deb hisoblamasangiz, bolalar launcherini o‘rnating. Bu yorqin gulqog‘ozlar, chiroyli tasvirlar va o‘yin hamda rivojlantiruvchi ilovalarning qat’iy to‘plamidan iborat o‘ziga xos himoyalangan qumdondir. Google Play`da bolalar tashqi qobiqlari anchagina ko‘p. Biz Kid’s Shell`ni tanladik.
Kid’s Shell bilan fayllarga, telefon kitobiga va xabarlarga kirish yopiladi. Shu bois, siz farzandingiz bilmasdan muhim ma’lumotlarni o‘chirib yuborishi mumkinligidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Mazkur launcherda deyarli hamma narsani sozlasa bo‘ladi, ya’ni: foydalansa bo‘ladigan ilovalarni tanlash, Tarmoq va ilovalar do‘koniga kirishni bloklash, bola smartfon yoki planshetdan foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt limitini, shuningdek, devays bola foydalanishi uchun ochiq bo‘ladigan vaqt oralig‘ini o‘rnatish mumkin. Darvoqe, Internetdan foydalanishni o‘chirib qo‘yish shart emas, chunki juda ko‘p foydali va ko‘ngilochar saytlar bor. Shunchaki ularga brauzer orqali emas, balki ilovalar orqali kirishni o‘rnating. “Qumdon” doirasida bolaga manzillar kitobidan tanlangan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish imkonini ham berish mumkin. Lekin buning uchun Pro versiyasini sotib olish kerak.
Bolaning o‘z smartfoni: ishonamiz, nazorat qilamiz
Agar farzandingiz Internetga kirish imkoni bo‘lgan smartfondan foydalana oladigan yoshga yetgan bo‘lsa, uni “kattalar uchun mo‘ljallangan” kontentlardan muhofaza qilgan ma’qul. Istalmagan saytlarga kirish imkoniyatini mobil antivirus orqali yopib qo‘yish mumkin. Bunday funksiya, masalan, Dr. Web Security Space ilovasida mavjud (ikki haftaga bepul litsenziya beriladi). Uni faollashtirish uchun ilovaning sozlamasiga kirish va Cloud Checker opsiyasini tanlash, so‘ngra pereklyuchatelni “URL filtrni yoqish/o‘chirish” bandi qarshisiga “Yoqilgan” holatida qo‘yamiz. Shundan so‘ng siz kontent kategoriyalari ro‘yxatiga kirasiz (“Giyohvand moddalar”, “Zo‘ravonlik”, “Qimor o‘yinlar”, “Ijtimoiy tarmoqlar”). Ularni alohida alohida ham, hammasini birga ham foydalanish uchun yopib qo‘yish mumkin. shuningdek, Google Play da ota-ona nazorati funksiyasi ham amvjud. Buning uchun “Sozlamalar” do‘koni menyusiga kirish va “Ota-ona nazorati” bandini tanlash kerak.
Parol kiritgandan keyin siz kontent uchun yosh chegarasini tanlashingiz, shuningdek, do‘kon yoki istalgan ilovadan xaridlar qilish uchun autentifikatsiyani yoqishingiz mumkin. Apple`ning qurilmalarida ota-ona nazorati tizimi anchagina puxta o‘ylangan va ham planshetlarda, ham smartfonlarda ishlaydi.
Cheklovlarni o‘rnatish uchun foydalanuvchi “Sozlamalar/Asosiy/Cheklovlar” bo‘limiga kirishi zarur. Shunda kirishni cheklash mumkin bo‘lgan ilovalar ro‘yxati chiqadi. iTunes va AppStore uchun barcha yuklab olinadigan kontentlar uchun yosh cheklovini qo‘yish, shuningdek xaridlar, jumladan o‘yinlar xarid qilishni parollashtirib qo‘yish mumkin.
Apple`ning ota-ona nazorati funksiyasi, shuningdek, bolalarga mo‘ljallanmagan saytlarni bloklash imkonini ham beradi. Buning uchun “Cheklovlar” bo‘limida “Ruxsat etilgan saytlar” opsiyasini tanlab, u yerdan “Veb saytlar” qatorini topish kerak. Ushbu menyuda “Kattalar uchun kontent limiti”ni yoqish kerak, u mazmuni shubhali bo‘lgan barcha saytlarni chiqarib tashlaydi. Mazkur funksiya faqat Safari bilan ishlashini yodda tuting. Shu bois, boshqa brauzerlarga va tlovalar do‘koniga kirishni qo‘shimcha ravishda cheklash zarur. Agar siz ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa saytlarga kirishni cheklamoqchi bo‘lsangiz, ekranni pastga qarab to “Hech qachon ruxsat berilmasin” qatorigacha varaqlang va “Saytni qo‘shish”ni bosing. Bu yerga elektron manzilni kiritish kerak. Darvoqe, agar saytning mobil versiyasi mavjud bo‘lsa, uning manzilini ham kiritish zarur.
Agar siz ma’lum bir saytlarga kirishga ruxsat bermoqchi bo‘lsangiz, ularning manzillarini “Faqat ushbu saytlarga kirishga ruxsat berilsin” degan qator ostiga yozib chiqing.
Devaysni himoya qilish: bamper yetarli emas!
Agar farzandingiz sizning smartfoningizga qiziqa boshlasa, zudlik bilan himoya aksessuarlari to‘plamini qayta ko‘rib chiqish kerak. Agar siz farzandingizga appparat sotib olib berishni niyat qilgan bo‘lsangiz, u holda ishonchli himoyani ham unutmaganingiz ma’qul. Nafis bamper va ekrandagi plenka yetarli emas – mustahkam g‘ilof va himoya oynasi zarur. Albatta, bu to‘liq himoya degani emas, lekin ozgina pul sarflab siz qurilmangizning xizmat qilish muddatini uzaytirib olishingiz mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining ota-onasiga maslahatimiz shuki, kamarli sumka olishni unutmang. Ryukzakda olib yurilgan smartfondan foyda kam. Birinchidan, farzandingiz qo‘ng‘iroq yoki xabar ringtonini eshitmay qolishi mumkin, ikkinchidan, apparatni o‘g‘irlab olishlari hech gap emas.
Devaysni himoya qilish: muqobil yechimlar
Umuman olganda, bolaga smartfon sotib olishda siz avval boshdanoq devays ertami kechmi, albatta, “qahramonlarcha halok bo‘lishi”ni yodda tutishingiz kerak. Buning uchun bolani urishishdan foyda yo‘q. Keyin afsus chekib yurmaslik uchun oldindan yoki himoya to‘g‘risida yoxud optimal qurilmani tanlash borasida bir to‘xtamga kelish kerak. Afsuski, do‘konda “Sindirib qo‘yganda afsuslanmaydigan va sinfdoshlar oldida uyalmay foydalansa bo‘ladigan” deb nomlangan peshtaxta mavjud emas.
Maktabgacha yoshdagi bola uchun bolalar plansheti yaxshi variant hisoblanadi. Odatda ularning korpusi anchayin mustahkam va oldindan o‘rnatilgan kontentlar to‘plami, jumladan bolalar launcheri bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchiga yoki himoyalangan smartfon yoxud ikkita qurilma: uyda o‘yinlar o‘ynash va video ko‘rish uchun planshet, maktabda foydalanish uchun oddiy tugmachali telefon olib berish mumkin. Telefonning afzalligi shundaki, uning quvvati ko‘proq vaqtga yetadi va dars paytida bolani o‘yinlarga chalg‘itmaydi.
Bola qayerdaligini nazorat qilish-chi, deysizmi? Ota-onalar har doim farzandlari qayerda yurganini nazorat qilib turishni istashadi. Darslardan qochib yurmaganmikan, sinfdoshlari bilan biror joyga ketib qolmadimikan va hakazo… Bu borada, albatta, smartfon ota-onalar uchun eng yaxshi ko‘makchi hisoblanadi. Bola qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot olishning bir nechta yo‘llari mavjud. Xatto bu ishni smartfonsiz, qimmat bo‘lmagan chiroyli qurilma sotib olib ham bajarsa bo‘ladi.
1-usul: operator servisi
Birinchidan, qayerda ekanlikni kuzatish xizmati barcha yirik uyali aloqa operatorlri tomnidan taqdim etiladi. Uni yoqish uchun kuzatiladigan abonentning roziligi kerak xolos. Ammo kim ham boladan rozilik so‘rab o‘tiradi, to‘g‘rimi? Yirik uyali aloqa operatorlari bitta SMS-xabar yordamida abonentning qayerdaligi haqidagi ma’lumotni taqdim etishadi. Buning uchun operatorga ham, abonentga ham internetga ulanish zarurati yo‘q. Shu bois, bu funksiya bolaning qo‘lida oddiy tugmachali telefon bo‘lganda ham ishlaydi. Bazaviy stansiyalar orqali abonentning qayerdaligini aniqlashning yana bir afzalligi akkumulyator quvvatini tejashdan iborat.
2-usul: OT (operatsiya tizimi) ilovalari yoki sozlamalari
Farzandingiz qayerda yurganini bilishning ikkinchi usuli – KidsLocation`ga o‘xshash maxsus ilova o‘rnatishdir. Android uchun “Bola qayerda”, iPhone uchun esa “iPhoneni topish” utiliti mos keladi. Ushbu ilovalar o‘xshash bo‘lsa-da, har birining o‘z afzallik tomonlari mavjud.
Masalan, “Bola qayerda” bolalar devayslari bilan ishlashga moslashgan. Birinchi galda, u real vaqtda bolaning qayerda yurganini kuzatib turish imkoniyatini beradigan trekerdir. Asosiysidan tashqari unda qulay qo‘shimcha funksiyalar ham mavjud: bular – batareya quvvatini quzatib turish, bola siz xaritada chiqib qo‘ygan xavfli hudud chegarasidan o‘tganida xabarnoma olish. Ilova yordamida bola ota-onasining telefoniga SOS xabarini jo‘natishi mumkin. Ilovalarning kamchiligi esa ular gadjet batareyasi quvvatini “yegan” holda GPS va Internet ulanishdan foydalanishidadir.
“iPhoneni topish” ham GPS va yaqin atrofda joylashgan bazaviy stansiyalar yordamida kerakli devaysning qayerdaligini aniqlab beradi. Ilova “Oilaviy foydalanish” funksiyasi bilan mos keladi, shu bois har ikkala qurilmani Applening bitta hisob yozuviga bog‘lab qo‘yish zarurati yo‘q. Darvoqe, ota-onalar oilaviy foydalanish funksiyasiga e’tiborsiz bo‘lmaganlari ma’qul. Chunki u bolaning AppStore dagi xaridlarini kuzatib turish va zarurat bo‘lganda ularni cheklash imkoniyatini beradi.
3-usul: alohida gadjet
Agar farzandingizni doimo nazorat qilib turish kerak, deb hisoblasangiz yoki apparatni duch kelgan yerda qoldirib ketaveradigan odati bo‘lsa, u holda, doim bolaning qo‘lida bo‘ladigan aqlli soatlar sizga yordamga keladi. U qadar qimmat bo‘lmagan Smart Baby Watch Q50 ni tanlasangiz ham adashmaysiz. O‘z smartfoningizga ilova-kompanon o‘rnatib, soatning harakatini real vaqtda kuzatib tura olasiz, farzandingiz bilan ovozli va matnli xabarlar almashishingiz, uning jismoniy faolligini kuzatishingiz, harakat yo‘nalishlari tarixini ko‘zdan kechirishingiz, masofadan turib unga uyg‘otgich (budilnik) o‘rnatishingiz, xatto bolani o‘rab turgan fonni ham eshitishingiz mumkin bo‘ladi. Soatdan foydalanishdan oldin unga sizning hududingizni o‘rnatish uchun SMS komanda jo‘natish zarur.
Taqiq va kuzatuvlarni me’yoridan oshirib yubormang. Ota-onalar har qanday harakat qarshi harakatni keltirib chiqarishini yodda tutishlari kerak. To‘g‘ri, bolani Internetning salbiy ta’siridan asrash kerak, ammo uni balog‘atga yetguniga qadar doimiy va qattiq nazorat ostida ushlab turish ham o‘rinli emas.