Har bir ota-ona farzandini so‘nggi urf bo‘yicha va chiroyli kiyintirishni xohlaydi. Qizlarga faqat pushti rangli kiyimlarni kiygizishadi yoki kattalar kiyimlarining nusxalarini sotib olishadi. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun biz sizga bolalar modasining aktual g‘oyalari haqida tushunib olishni taklif qilamiz.
Agar ranglar uyg‘unligi to‘g‘risida gapirsak, u holda u turli-tuman bo‘lishi mumkin. Shuni esingizda tutingki, eng kichkinalarni iloji boricha pastel va iliq ranglarda kiyintirish kerak, kattaroq bolalar esa o‘zlariga yoqqanini o‘zlari tanlay oladi. Bolani sizga yoqqan rangda kiyinishga majbur qilmang, chunki u bu rangda o‘zini noqulay his qilishi mumkin.
Bolalarda teri qichishishi va allergik ta’sirlar bo‘lmasligi uchun gazlamalarning faqat tabiiysini tanlang. Yozda paxta, zig‘ir va ipak, kuzda esa bolalar uchun kashemir, chiyduxoba va jinsi gazlamalardan tikilgan kiyimlarni tanlang. Va albatta, trikotaj – u har bir brend kolleksiyasida qatnashadi.
Yoz va kuz fasllarida turli xil printlar juda ommabop bo‘lib ketadi. Farzandingizning o‘zi unga yoqqanini va qulay bo‘lganini tanlasin. Yozgi va kuzgi mavsumlarda bolalar modasi kattalarnikiga o‘xshab ketadi, demak katakli, chiziqli va rombli kiyimlar aktual bo‘ladi.
O‘g‘il bolalar uchun kostyumlar, ko‘ylaklar, jinsi shimlar va jinsi kurtkalarni tanlashingiz mumkin. Qizlar uchun esa ko‘proq «zodagonlarga xos» kiyimlar variantlari: ko‘ylaklar va yubkalarni tanlashingiz mumkin. Sovuq ob-havo uchun to‘qilgan buyumlar va kardiganlar juda mos tushadi.
Manba: Daryo.uz