Tarbiya

Bolalar va bolalik haqida eng ko‘p eslanadigan 15 ta fikr

Agar bolalaringning aqlli bo‘lib ulg‘ayishlarini istasang, ularga ertaklar o‘qib ber. Agar ularning yanada aqlliroq bo‘lishlarini istasang, ularga yanada ko‘proq ertaklar o‘qib ber.

Albert Eynshteyn

Barchamiz bola bo‘lganmiz. Avvaliga ota-onamizga mehr qo‘ydik. Biroz ulg‘aygach, ba’zi hayotiy masalalarda ularni aybdor qilib, ranjidik. Keyin, o‘zimiz ota-ona bo‘lgach, yana ularni seva boshladik.

Oskar Uayld

Yarador ko‘ngilni faqat bola bo‘libgina davolash mumkin.

Fyodor Dostoyevskiy

Bolalarimiz uchun doim ham yorqin kelajakni tayyorlay olmaymiz. Biroq har doim bolalarimizni kelajak uchun tayyorlash imkoniga egamiz.

Franklin D. Ruzvelt

Bolalarni tarbiya qilganlar ular bilan ularni dunyoga keltirganlardan ko‘ra ko‘proq faxrlansalar arziydi.

Aristotel

Bolalar bizning eng qadrli tabiiy xazinamiz.

Gerbert Guver

Bola bizga uch narsani o‘rgatishi mumkin: sababsiz baxtli bo‘lishni, muntazam nima bilandir mashg‘ul bo‘lishni va o‘ziga kerakli narsaga qanday erishishni.

Paulo Koelo

Bolalaring seni ularga bergan moddiy narsalaring uchun emas, ularga ilingan odamiy tuyg‘ularing tufayli eslab yurishadi.

Richard L. Evans

Bolalikda kamtar, o‘spirinlikda mo‘’tadil, keksalikda mulohazakor bo‘lgan yaxshi.

Suqrot

Kun kelib bolangizning savol berishdan to‘xtashi – sizning ularga o‘z savollaringiz bilan murojaat qilish uchun navbatingiz kelganini bildiradi.

Leonid Suxorukov

Bolalar bizga hayotning eng go‘zal tuyg‘ularidan zavqlanishimiz uchun berilgan.

Saki Redjinald

Har bir bola qalbida olijanoblik va mehr mavjud. Ta’lim avvalo uning qalbidagi shu boylikni kashf qilmog‘i lozim.

Emma Goldmen 

O‘qimishlilik bilimsizlikdan afzal ekanini fahmlab, bolalaringga mol-davlat qoldirmaganingdan afsuslanma, ularni o‘qitgin.

Epiktet

Farzand dunyoga keltirish - sharafli ish. Garchi, ayol bundan azoblansa ham, bolasini mehr bilan qo‘lga oladi.

Sofokl

Bolaning zulmatdan cho‘chishi tabiiy hol. Ammo odamning yorug‘likdan qo‘rqishi hayotdagi chinakam fojiadir.

Platon