Kichik bolalarimizning xulq-atvoriga, o‘zini tutishiga ahamiyat bermog‘imiz lozim. AMI-TASSning xabariga binoan, kanadalik olimlar tadqiqodlar o‘tkazib, maktab oldi yoshdagi bolalarning 15 foizida depressiya va xavotir olish darajasi yuqori ekanligini aniqlashibdi.
Olimlar 5 yil davomida maktab oldi yoshdagi bolalarning xulq-atvori va kayfiyatini kuzatib borishibdi.
Tadqiqodlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktab oldi yoshidagi bolalarning 15 foizida psixika bilan muammolar mavjud bo‘lib, bu muammolar 6-7 yoshga kelganda depressiya va xavotirga olib kelar ekan.
Yana aniq bo‘ldiki, depressiyaga sazovor bo‘lgan bolalarning onalari ham bu kasallikdan qiynalmoqda ekanlar.
Maktab oldi yoshdagi bolalarda psixologik buzulishlarning bunday erta diagnostikasi psixologlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Ularning fikricha ota-onalar va mediklar bolalarning kayfiyatlariga, xulq-atvoriga alohida ahamiyat bermoqligi zarur, chunki ahamiyatdan xoli qolgan bu muammolar kelajakda bolalar psixologik sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin, do‘stlar bilan aloqada va o‘qishda bir qator muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.