Salomatlik

Bolali uy aptechkasida nimalar bo‘lishi kerak?

Bolali uyda albatta aptechka (kerakli dorilarga to‘plam) bo‘lishi shart. Aptechka dorilarining asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Atsetomenofen (og‘riq qoldiruvchi suyuq dori). Sotuvda bolalar uchun u paratsetamol bilan birga(isitma tushirish uchun) suyuqlik shaklida sotiladi. Asosiy sotuvdagi nomlari: Taylenol, Panadol;

2. Oq oddiy leykoplastr;

3. Spirtli paxta tamponlari;

4. Antibiotikli maz;

5. Dezinfeksiyalovchi suyuqlik (aptekalarda turli xili mavjud: Betadine, Hibiclens);

6. Steril leykoplastr;

7. Paxtali yog‘ochchalar;

8. Fonarcha;

9. Bint;

10. Vodorod periksi;

11. Muz solingan paketchalar (doim muzlatgichda tursin, bola lat yeganda shikkastlangan joyga qo‘yish uchun tayyor bo‘lib turadi);

12. Ipekakuana siropi (qustiradigan suyuqlik bo‘lib, bola zaharlanganda vrach bilan maslahat qilgan holda qustirish uchun qo‘llaniladi);

13. Pipetka, o‘lchov qoshiqcha (dori berishda o‘lchash uchun);

14. Burun tozalash uchun namokob suv (aptekalarda Sodium Hloride deb sotiladi);

15. Uchi o‘tkir bo‘lmagan kichik qaychi (tirnoq olish uchun);

16. Kichik plastrlar;

17. Termometr;

18. Pinset;

19. Glitserin svechalar (bola qornida gaz yig‘ilib qolsa, ichi qotib qolsa foydalaniladi);

Albatta, bundan boshqa dorilar yoki vositalar ham kerak bo‘lishi mumkin. Lekin bu ro‘yxatdagi buyumlar har bir bolali xonadonda bo‘lmog‘i lozim.