P. Maxover psixologning fikricha, bolaning chizgan rasmi uning aqliy rivojlanishi haqida ma’lumot berishi mumkin ekan.
Yoshi 5 dan oshgan boladan biron odam rasmini chizishini so‘rang. "Qanday odam?" desa, aniq javob bermang. "Sen istagan odam", "ixtiyoriy odam", deb javob berish lozim. Chizgan rasmiga quyidagi ko‘rsatkichlarga qarab baho beriladi:
- Odamning ikki oyog‘i bor;
- Odamning boshi mavjud;
- Qo‘li ikkita;
- Tana bilan boshi ajratib chizilgan;
- Tana kengligi va uzunligi proporsional;
- Yelkalar aniq ko‘rinib turibdi;
- Qo‘l va oyoqlar tana bilan to‘g‘ri ulangan;
- Qo‘l va oyoqlarning tanaga ulangan joyi aniq ko‘rsatilgan;
- Bo‘yin mavjud;
- Bo‘yin uzunligi tana hajmiga proporsional;
- Yuzida ko‘zlari mavjud;
- Yuzida burni mavjud;
- Og‘zi mavjud;
- Burun va og‘zi normal hajmga ega;
- Burun teshiklari ko‘rinib turibdi;
- Sochlar chizilgan;
- Sochlar aniq bo‘lib, boshni qoplab turibdi;
- Odam kiyim kiygan;
- Kiyimning ba’zi qismlari mavjud (shim, ko‘ylak);
- Butun kiyimi aniq ko‘rsatilgan;
- Kiyimda noaniq yoki tushunarsiz buyumlar mavjud emas;
- Qo‘lning barmoqlari mavjud;
- Har bir qo‘lida 5 tadan barmoq bor;
- Barmoqlar hajmi proporsional bo‘lib, tarvaqaylamagan;
- Katta barmoq aniq ko‘rsatilgan;
- Bilaklar ko‘rinib turibdi;
- Tirsak ko‘rinmoqda;
- Tizzalar ko‘rinmoqda;
- Boshning tanaga nisbatan hajmi proporsional;
- Qo‘llar tanaga nisbatan juda uzun emas;
- Tovon uzunligi oyoqlar uzunligiga mos;
- Oyoqlar uzunligi tana uzunligiga proporsional;
- Qo‘l va oyoq uzunliklari proporsional;
- Oyoqlarda tovon ko‘rinib turibdi;
- Bosh shakli to‘g‘ri;
- Tana shakli to‘g‘ri;
- Odamning umumiy ko‘rinishi ravon;
- Odam rasmida qo‘pol xatolar mavjud emas;
- Quloqlar mavjud;
- Quloqlar o‘z joyida bo‘lib, hajmi to‘g‘ri;
- Qosh va kipriklar mavjud;
- Ko‘z qorachig‘lari to‘g‘ri joylashgan;
- Ko‘z hajmi yuz hajmiga mos;
- Odam to‘g‘riga qaramoqda, ko‘zlar chetga qaratilmagan;
- Peshona va daxan ko‘rinib turibdi;
- Lablar daxanga ulanib ketmagan.
Farzandingiz rasmida yuqoridagi ko‘rsatkichlarning qaysi biri mavjud bo‘lsa, 1 balldan berasiz. Hamma ballarni qo‘shib quyidagi bolaning yoshiga nisbatan olishi kerak bo‘lgan o‘rtacha ballar soni bilan solishtirasiz.
5 yosh - 10 ball 6 yosh - 14 ball 7 yosh - 18 ball 8 yosh - 22 ball 9 yosh - 26 ball 10 yosh - 30 ball 11 yosh - 34 ball 12 yosh - 38 ball 13 yosh - 42 ball 14 yoshdan katta - 42 balldan yuqori
Bolaning chizgan rasmiga qo‘yilgan ball yoshiga nisbatan o‘rtacha balldan qancha ko‘p bo‘lsa, shunchalik bola aqliy rivojlangan deb hisoblanadi. Va, aksincha, yiqqan ball yoshiga nisbatan o‘rtacha balldan pastroq bo‘lsa, u holda u bilan ko‘proq suhbatlashish, o‘yin o‘ynash va birga kitoblar o‘qish talab etilishi mumkin.