Bugungi kunda amalga oshirishga qaratilgan eng yirik loyihalardan biri bu maktabgacha ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hisoblanadi. Loyiha “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi doirasida ishlab chiqilgan 2015-2020 yillarga mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim dasturi ichiga kiradi.
O‘zbekistonda 4950 ta davlat bolalar bog‘chasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida binolar va maydonlarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida ham №4-son 280 nafar o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasasi joriy yil 476 mln. so‘m mablag‘ hisobiga qayta qurilish va ta’mirlash ishlari qilinib, bolajonlar ixtiyoriga topshirildi. Ochilish marosimida tegishli tashkilot muassasa rahbarlari ishtirok etdi hamda №4-son ta’lim muassasasiga homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.