Bilasizmi?

Farzand kutayotgan yulduzlar

O‘z kasbining moxir ustasi aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova uchinchi farzandiga homilador. Aktrisaning bir o‘g‘il va bir qizi bor.

Xonanda Ruxshona ham ikkinchi bor ona bo‘lish arafasida. Xonanda 2014 yil 2 noyabrda, rejissyor Sanjar Matkarimov bilan nikoh qo‘rishgan va 2015 yilning sentyabr oyida qiz farzandli bo‘lishgan edi.

Hayotda ham ijodda ham go‘zal juftliklardan bo‘lgan Oybek va Nigoraning munosabatlari ularning to‘yigacha doim muhokamalar markazida bo‘lgan. Mazkur juftlikning kutilgan to‘yi 2015 yilning 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Endilikda yosh oila birinchi farzandlarini kutishmoqda.

Iste’dodli aktrisa, ko‘pgina rollari bilan muxlislar qalbidan o‘rin egallagan Gulchehra Eshonqulovaning 2015 yilning 30 may kuni o‘zidan ancha yoshga kichik bo‘lgan aktyor Sharof Sharopov bilan turmush qurganligi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Hattoki nikohdan so‘ng bir oz muddat o‘tib, ular ajrashayotgani haqidagi xabarlar ham tarqalgan edi. Ammo hozirda yosh oila birga Turkiya shahrida turmush kechirishmoqda. Aktrisaning instagramdagi sahifasida joylagan suratlaridan esa Gulchehra ona bo‘lish arafasida ekanligini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulova ham farzand kutayotgan ayollar ro‘yxatida. Xonanda 2013 yilda o‘g‘illi bo‘lgan edi.

Yuqoridagi barcha go‘zal san’atkor ayollarimizga sog‘liq-salomatlik tilab, hushxabarlarni kutib qolamiz .

Manba: Myday.uz