«Ekzamen», ya’ni «imtihon» so‘zi lotinchadan «sinov» deb tarjima qilinadi. Ko‘pchilik bolalar uchun imtihonlar aynan sinovga aylanadi. Bunday davrda siz farzandingizga qanday yordam berishingiz mumkin?
- Imtihonlar boshlanishidan ancha oldin bola bilan aynan nimalardan topshirmoqchi, qaysi fanlar unga qiyinroq tuyulishi va uning sabablari to‘g‘risida gaplashib oling. Bu ma’lumot tayyorlanish rejasini birgalikda tuzishga yordam beradi.
- Bola bilan birga uning «unumli soatlari»ni aniqlab oling. Qiyin mavzularni unumlilik yuqori bo‘lgan soatlarda o‘rganish ma’qulroq.
- Bola bilan imtihon arafasida kechqurun tayyorlanishni to‘xtatish, sayr qilish, yuvinish va o‘z vaqtida yotib uxlash to‘g‘risida kelishib oling. Oxirgi 12 soat bilimni emas, balki organizmni tayyorlashga sarflanishi kerak.
- Dam olish kunlari bolaga imtihon topshirishni repetitsiya qildiring. O‘tirg‘izing va imtihondagidek vaqt belgilang. «Imtihon» tamom bo‘lgandan keyin u bilan birgalikda vazifaning to‘g‘ri bajarilganini tekshiring. Xatolarni to‘g‘rilashga harakat qiling va ular nima uchun paydo bo‘lgani haqida fikrlashib oling.
- Bolaning tayyorlanish vaqtida muntazam ravishda qisqa tanaffuslar qilib turishiga e’tibor bering.
- Bolaning imtihonda oladigan bahosi to‘g‘risida xavotirlanmang va imtihondan keyin bolani tanqid qilmang. Bolani imtihonlar bahosi uning imkoniyatlarining haqiqiy o‘lchovi emasligi to‘g‘risidagi fikrga ishontiring.
- Bolalarga dalda bering, ularning qilgan yaxshi ishlarini maqtang.
- Bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiring, chunki bola omadsizlikdan qancha ko‘p qo‘rqsa, xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli shuncha kattaroq bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz