O‘zbekistonlik fotosuratchi Aleksey Tudakov «Ko‘cha o‘yinlari» deb nomlangan suratlar seriyasini e’lon qildi.
«Aytishlaricha, hozirgi zamon bolalari ko‘chalarda o‘ynamay qo‘ygan: ular telefon yoki planshet o‘ynaydi; kompyuterda o‘tiradi; PlayStation o‘ynab, sport bilan umuman shug‘ullanmaydi», — deb yozadi fotosuratchi.
«Men ushbu seriyani O‘zbekistonning turli shaharlarida suratga olganman. Ko‘chalar har doim bolalar bilan to‘la. Ular 10 yoki 20 yil avvalgidek o‘sha-o‘sha o‘yinlarni o‘ynash bilan band», — deya qo‘shimcha qiladi Aleksey Tudakov.
Manba: Sof.uz