Bilasizmi?

Go‘dak terisini parvarishlaymiz

Erta tongda uyg‘onishingiz bilanoq, yuzingizni yuvasiz, sochingizni taraysiz. Shu amallarga mittichangizni ham o‘rgatish lozim. Kunda ertalabki yuvintirish marosimida va cho‘miltirishdan keyin go‘dak kremi yoki molochkosi yordamida terini va tanadagi har bir bo‘g‘imni tozalash zarur.

Yuvintirayotganda har bir quloq uchun alohida paxta tamponidan foydalaning. Go‘dak qulog‘ini faqatgina ko‘rinadigan qismlarini tozalang. Quloq tozalashda go‘dak yog‘idan foydalanish juda maqsadga muvofiq, chunki u kirlarni yengillik bilan tozalaydi.

Go‘dakning terisi namlikni katta odamning terisiga nisbatan tezroq yo‘qotadi va tabiiy himoyasiz qoladi. Shuning uchun namlik muvozanatini tiklash va saqlash lozim.

Sizga zarur bo‘ladi:

  • Kichik xajmli suv uchun idish
  • 100-200 ml uy haroratidagi qaynatilgan suv
  • Paxta tamponlari
  • Paxtalik tayoqchalari
  • Go‘dak yog‘i
  • Namlantiruvchi go‘dak kremi

Boshlaymiz:

  • Go‘dakni yo‘rgak moslamasiga yotqizing, yuvintirishdan boshlang.
  • Xona xaroratidagi qaynatilgan suvni alohida idishga quying. Paxta tamponini hiyol namlab, qovog‘ining tashqi qismidan ichki qismiga arting. Har bir ko‘zni tozalang. Quloq chanog‘ida paydo bo‘lgan kirlarni yog‘ va paxta tayoqchalari yordamida tozalang. Zaruriyat tug‘ilganda burunni paxta piligi bilan tozalang.
  • Go‘dakni yechintirib, 3-5 daqiqa qorni bilan yotqizib qo‘yish foydadan holi emas. Bunday havo vannalari go‘dak sog‘lig‘i va terisi uchun zarurdir.
  • Namlantiruvchi go‘dak kremi yoki molochkosini tananing hamma bo‘g‘inlariga surib chiqing. Taglik osti kremini but bo‘g‘iniga va taglik osti qismiga surting.
  • Taglikni taqing va farzandizgizni kiyintiring.

Kundalik go‘dak terisini parvarishlashda faqatgina tabiiy yo‘l bilan namlikni tiklovchi mahsus vositalardan foydalaning.

Manba: Beka.Uz