Salomatlik

"Go‘dakning qayt qilishi kasallikmi?"

— O‘g‘lim emganidan so‘ng qayt qilib yuborayapti. Oilaviy shifokorimiz “emizib bo‘lgach, bolani ko‘tarib yuring, yotqizib qo‘ymang”, dedi. U aytganidek qildim, ammo qayt qilishi kamayganicha yo‘q. Bu biror kasallik alomati emasmi?

Zulayho Dadajonova, Navoiy viloyati

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— 6-7 oygacha bolalarning qayd qilishi me’yor sanaladi. Agar bezovtalik ortib boraversa, qayd qilish miqdori bir osh qoshiqdan ortib borib, bola vazn qo‘shishdan ortda qolsa, injiqlansa, uyqusi buzilsa, ich ketish kabi boshqa o‘zgarishlar ham kuzatilsa, pediatr va bolalar gastroenterologiga murojaat qilish zarur. Farzandingizga oyiga mos qo‘shimcha ovqat berib ko‘ring, ba’zan aynan shundan so‘ng qusish kamayadi. Ammo miqdorining oshirib yubormang, shu bilan birga, emizishni ham kanda qilmang.

Manba: Darakchi.uz