Homiladorlik

Homilador ayol yeyishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Homilador ayol iste’mol qilayotgan har bir mahsulot homilaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, quyidagi mahsulotlardan voz kechish tavsiya etiladi.

Homilardorlik davrida ushbu mahsulotlardan voz kechish yoki qabul qilish miqdorini keskin kamaytirish muhim.

  • Spirtli ichimliklar. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, spirtli - alkogol ichimliklar bolaning muddatidan oldin tug‘ilishiga, unda tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishiga va bolaning vazni past bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
  • Kofein. Homilador ayol qabul qilayotgan kofein miqdorini kuniga 200 mgdan oshmasligini ta’minlash lozim. Kofein moddasi qora choy, kofe, qora shokolad, koka-kola ichimliklarida mavjud.
  • Saxarin. Ba’zilar shakarni o‘rniga qabul qiladigan saxarin homilaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Yog‘lar. Homiladorlik paytida go‘sht yog‘lari, mayonez, qaymoq, margarin kabi og‘ir yog‘larni iste’mol qilmaslik yoki miqdorini keskin kamaytirish zarur.
  • Bundan oldin yeyilmagan mahsulotlarni homiladorlik payti birinchi bora tatib ko‘rish yaxshi emas. Ba’zi dengiz hayvonlari, chet eldan kelgan notanish mahsulotlar homilador organizmiga yoqmasligi mumkin.

Sayohat davrida, ayniqsa tropik mamlakatlarda notanish yeguliklar juda ko‘p bo‘ladi. Ularni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Tanish, hamma bilgan va foydali mahsulotlar (masalan, losos balig‘i)ni yaxshilab pishirilib tayyorlanganini qabul qilish mumkin.

  • Brinza va unga o‘xshash pishloqlar (Brie, Camembert) pasterizasiyalanmagan sutdan qilinadi. Ularda Listeriya infeksiyasi mavjud bo‘lishi xavfi uchun homilador ayolga zarar keltirishi mumkin.
  • Xom baliq (hek salati, sushi) kabi mahsulotlarni yeyish mumkin emas. Chala pishgan yeguliklar ham shu qatorni egallaydi.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!