Bilasizmi?

Morgan kompaniyasi bolalar uchun elektromobil chiqara boshladi

Britaniyaning Morgan kompaniyasi sport avtomobillarini qo‘lda yig‘adi. Kompaniya yaqinda yosh muxlislarini EV3 Junior retro-elektrokari bilan suyuntirdi. Junior zamonaviy va ekologik qilib ishlangan.

O‘yinchoq, ammo bolalar izmida yaxshi harakatlanuvchi mashina 30-yillarning bolidiga o‘xshamaydi. Uchta g‘ildiragi bor, kattagina batareya o‘rnatilgan, korpusi uglerod tolasidan ishlangan. Salonidagi detallari xromlangan, yog‘och qoplangan. Haydovchi o‘tiradigan yagona o‘rindiqqa tabiiy charm sirilgan. EV3 Junior soatiga 16 km tezlikda harakatlanadi.

Har bir avtomobilcha maxsus buyurtma asosida tayyorlanadi. Narxi qimmatroq, ammo texnik tavsifini e’tiborda tutilsa, e’tirozga hojat qolmaydi. Ishlab chiqaruvchi firmaning sayti orqali buyurtma bersa bo‘ladi.

Kattalardan farqli ravishda bolalarning “Tesla” elektromobiliga endi raqib paydo bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz: avvalroq bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi Radio Flyer firmasi bolalar uchun Tesla o‘yinchoq avtomobillarini chiqara boshlagan. Elon Maskka mini nusxa yoqqan va “Tvitter”da reklama qilgan.