10-15 oktyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan an’anaviy Mug‘om xalqaro festivalida o‘zbekistonlik ishtirokchi Maftuna Abdumuxtorova 3-o‘rinni egalladi, deb Uz24.uz yozmoqda.
Qayd etilishicha, dunyoning ko‘plab davlatlaridan iste’dodli yoshlar ishtirok etgan festivalda Maftuna ijrosidagi milliy maqom qo‘shiqlari muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
13 yoshli Maftuna Abdumuxtorova Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil oladi. U bunga qadar ham qator tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.