O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari Bolgariyada bo‘lib o‘tgan “Chegara bilmas matematika” xalqaro musobaqasida 36 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda "Xabarlar 24" dasturida ma’lum qilindi, deb yozadi Uz24.uz.
Musobaqa finalida dunyoning 11 davlatidan 1 ming 200 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Unda Nigina Inoyatova oltin, Vladimir Koryatnikov kumush, Marat Mustafin, Axad Mirzayev, Amirbek Sharifxo‘jayev, Saminaxon Obidjonovalar bronza medallariga ega bo‘lishdi.
Shaxsiy musobaqalar davomida o‘quvchilar 60 daqiqa ichida 20 ta matematik masalani yechishga muvaffaq bo‘lishdi.