5-avgust kuni Rio-de-Janeyroda XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea sharafiga Alan Lourens kulgili fotosuratlar ketma-ketligini e’lon qildi, ularda uning bir yashar o‘g‘li Roksvell sportning xilma-xil turlari bilan mashg‘ul bo‘layotgani aks etgan.
Ota shu yo‘l bilan o‘z oilasiga va, umuman, kimga qiziq bo‘lsa, Olimpiada o‘yinlarida qanday sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
Photoshop yordamida bolakay suratlarda shtanga ko‘tarmoqda, uzunlikka sakramoqda, hatto xodada mashqlar bajarmoqda.
Lourens barcha suratlarni o‘z hovlisida oldi. U bu mavzuda o‘g‘li ishtirokida yana fotosuratlar olishga va’da berdi.