O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom qilib ulg‘aytirishda nimalarga e’tibor berishimiz kerak?
Vitaminlar
Ota-onalarning asosiy vazifasi – har kuni farzandining kerakli miqdorda vitaminlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish. Mutaxassis maslahatlari asosida bolalaringizga qo‘shimcha vitaminlar ham berishni unutmang.
Toza oziq-ovqat mahsulotlari
Bolalaringizga meva va sabzavotlar yediring. Bolalar uchun temirning bir sutkalik me’yori – 500 gramm, ya’ni 3 sabzavot va 2 meva.
To‘g‘ri nonushta qilamiz
Bola uchun eng yaxshi nonushta: grechka yoki suli yormasidan bo‘tqa, quruq meva qo‘shilgan yog‘siz tvorog va sabzavotli quymoq hisoblanadi.
Gripp mavsumida
Bu mavsumda bolalarni emlagan ma’qulroq. Faqat emlashgina emas, balki vitaminlar yoki vitamin-mineralli qo‘shimchalar berilsa, yetarlicha jismoniy faoliyati va uyqusiga e’tibor qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zimizcha davolashga yo‘l qo‘ymaymiz
Mutaxassis bilan maslahatlashmasdan nafaqat antibiotiklarni, hattoki vitaminlarni ham bolalarga yoki kattalarga o‘zingizcha tayinlash yaramaydi.
Manba: Daryo.uz