– Qizim 9 yoshda. Televizor tomosha qilayotganida ko‘p ahamiyat beraman, negadir ko‘zlarini qisib oladi. Erkalik qilayaptimikan yo bolalarcha biror odatdir deya bir – ikki marotaba dakki berdim, ammo haliyam o‘sha – o‘sha. Ko‘zlarni qisib televizor tomosha qilish keyinchalik ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qilmaydimi?
Surayyo Erkinova, Samarqand viloyati
– Savolingiz mazmunidan, qizingizda ko‘z akkomodatsion qobiliyati buzilgan. Sizga maslahatim, vaqtni o‘tkazmay farzandingizni ko‘z shifokoriga olib boring. Ko‘rish qobiliyati xiralashgani tufayli qizingiz ko‘zlarini qisib qarashga majbur bo‘layapti va bu odat emas, balki kasallik begisidir. Tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilgach, ko‘rish qobiliyatining qay darajada o‘zgarganiga ko‘ra, «minus» li ko‘zoynak taqish buyurilishi mumkin.
“Qizim televizor ko‘rayotganida ko‘zini yumib oladi”

Manba: Darakchi.uz