Qozog‘istonlik bolalar himoyachilari bolalar ustidan zo‘ravonlik o‘tkazish degan tushuncha nima ekanligi va uning turlarini qonunan belgilab qo‘yishmoqchi.
Sof.uz'ning yozishicha, Qozog‘iston fuqarolari "yumshoq joy"ga tushiriladigan tarsakini bolaga nisbatan zo‘ravonlikka tenglashtirishni va ushbu normani muntazam ravishda buzadigan ota-onani jinoiy javobgarlikka tortish taklifi bilan chiqishmoqda.
"Biz qonunga qator takliflarni kiritamiz. Bu ishni imkon qadar tez bajarish kerak… Umuman olganda, bu juda o‘rinli masala, bu bolalar tarbiyasi, jamoatchilik tarbiyasi masalasi. Jamoatchilik orasida zo‘ravonlarga o‘rin qolmasligi uchun eng avvalo "zo‘ravonlik" tushunchasini anglab yetmoq kerak. Dunyodagi 51ta mamlakat qonunlarida bolaga nisbatan zo‘ravonlik ta’qiqlangan. Biz ham ular tajribasiga tayangan holda bu borada qonunlarni qabul qilishimiz kerak. Bolani shappatilash, unga ovoz ohangini ko‘tarib gapirish — bola ustidan zo‘ravonlik o‘tkazish hisoblanadi. Bolaga "seni boqib katta qilyapman" deya ta’ma qilish, "sen majbursan" deya gapirish, unga tarsaki tushirish va baqirish — bola g‘ururi yo‘q bo‘lishiga olib keladi", — deya o‘z fikrlarini bildirgan bu borada Qozog‘iston Respublikasi bola huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Zagipa Baliyeva.
"Ota-onalar, shapaloq tortishni man etish qonunan cheklanmagan bo‘lsa, demak, bolani urish mumkin, deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, biz qabul qilmoqchi bo‘lgan qonun avvaliga juda ko‘pchilikka g‘alati tuyulishi mumkin, ammo ma’lum vaqtdan so‘ng jamoatchilik albatta bunga ko‘nikadi", — deya qo‘shimcha qildi Baliyeva.
Ombudsmenning so‘zlariga qaraganda, shu kechayu-kunduzda bolalarga shapaloq tushiradigan ota-onalarga nisbatan qanday jazo chorasini qo‘llash masalasi muhokama qilinmoqda.