Barcha hayotiy odatlarni, shu jumladan sog‘lom turmush tarziga bog‘liq odatlarni bolaga yoshligidan singdirish kerak.
Yangi odatlar bilan tanishishni asta-sekinlik bilan boshlang
Bolalar bilan sayrlarni har kuni muayyan vaqtda tashkillashtiring. Ularning kunlik ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni ko‘proq kiriting. Televizor ko‘rish vaqtini qisqartiring va jismoniy mashqlarni ko‘proq bajaring.
Bolalarni uy ishlariga jalb qiling
Ularning sizga ovqat tayyorlashda yordam berishlariga qo‘yib bering. Faqat bu vaqtda salomatlik uchun foydali bo‘lgan narsa — baliq, sabzavotli dimlama yoki bo‘tqa tayyorlayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. O‘zlari o‘zlariga ovqat tayyorlaydigan bolalar odatda uni keyinroq o‘zlari huzur bilan yeb qo‘yadi. Butun oilani dasturxon atrofiga yig‘ing. Bu sizga bola nimani, qancha yeganini nazorat qilish imkonini beradi.
Kompyuter o‘yinlariga sarflanadigan vaqtni nazorat qiling
Ba’zi kompyuter o‘yinlari bolaga ijobiy ta’sir o‘tkazsa-da, tadqiqotlar kompyuter o‘yinlarini ko‘p o‘ynaydigan bolalar boshqalarga qaraganda, depressiya va agressiv xulqqa ko‘proq moyil bo‘lishi ko‘rsatadi. Ko‘ngilochar videoo‘yinlarni ta’lim beruvchi o‘yinlarga almashtiring, shunda o‘yin bola uchun nafaqat qiziqarli, balki foydali ham bo‘ladi.
Shirinlik iste’molini kamaytiring
Shakar va konfetlarni foydali kulcha nonlarga almashtiring. Ammo shunda ham mahsulot qadog‘ini yaxshilab o‘qing, chunki ba’zi kulchalarga qo‘shimcha sifatida ko‘p shakar qo‘shilishi mumkin. Butun donli kulchalarni xarid qiling, bu o‘zingiz va farzandingiz salomatligi uchun eng yaxshi tanlov bo‘ladi. Esda tuting, bir stakan gazli ichimlikda 10 qoshiq shakar bo‘ladi, shu tufayli uni uyda tayyorlangan kompot yoki oddiy suvga almashtiring.
Manba: Daryo.uz