Aksariyat hollarda go‘daklar hayotining birinchi yilida, bosh qismida, sochlar tagida sarig‘imtir, oqimtir, qazg‘oqlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu sut qatlami deb ataladi. “Sut qatlami” paydo bo‘lganda go‘dakning ota-onasi pediatr bilan maslahatlashishi kerak. Agarda pediatr bu holatni boshqa bir kasallik (masalan allergiya) bilan bog‘lamasa, siz ulardan osongina qutulishingiz mumkin.
Ko‘chmagan qazg‘oqlarni kuch bilan olib tashlash tavsiya etilmaydi. Shunchaki keyingi cho‘miltirishdan avval bu harakatni qaytaring.
Sizga quyidagilar zarur bo‘ladi:
- Go‘dak yog‘i
- Ko‘pik-shampun
- Yangi tug‘ilgan go‘dak uchun maxsus mo‘ytaroq
Boshlaymiz:
- Kechki cho‘miltirishdan taxminan 1-1,5 soatlar oldin go‘dak boshiga yog‘ surtib chiqing. U bosh terisini yumshatadi.
- Kechki cho‘miltirish paytida ko‘piklik shampun bilan yuvib tashlang.
- Cho‘miltirgandan so‘ng maxsus mo‘ytaroq bilan astalik bilan tozalab tashlang.
Mo‘ytaroq ko‘rinishi:
Manba: Beka.Uz