Bilasizmi?

Ta’tilda bolaning xavfsizligi uchun nimalar qilish kerak?

Yoz ta’tilida bolalarning bo‘sh vaqti juda ko‘p bo‘ladi. Shu davrda bolaning xavfsizligi uchun qayg‘urish o‘ta muhim hisoblanadi.

Bola yoz kunlarida xavfsiz bo‘lishi uchun ota-onaning vazifasi:

1. Bolani quyosh nurlaridan himoya qilish. Ortiqcha kuyosh bolaning salomatligiga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

2. Bolani qizib ketishidan asrash;

3. Suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaslik. Yoz kunlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suvsizlanish o‘ta xavfli holatni keltirib chiqaradi;

4. Suv xavzalarida 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 24 sotalik nazorat bo‘lishi kerak. Bolaning hatto bir soniyaga qarovsiz qolishi uning umriga xavf soluvchi holatni keltirishi uchun yetarli;

5. Uzoq joylarda bolaning bo‘yniga ota-onaning telefon raqami yozilgan qog‘ozni ilib qo‘yish kerak. Yo‘qolib qolsa, atrofidagi kattalar ota-onasini telefon orqali topa oladi;

6. Bolani quluflangan avtomobil ichida 1 daqiqaga ham yolg‘iz qoldirmaslik kerak;

7. Dengiz va  basseynlarga bolani yolg‘iz o‘zini yubormang. Yaxshi suza oladigan lekin qarovsiz qolgan bolaning cho‘kib ketishi ehtimoli katta;

8. Bola ko‘chada ertalab soat 11 gacha yoki kech soat 4 dan so‘ng o‘ynashi lozim. O‘n birdan 4 ga qadar quyosh nurlari ziyonli bo‘ladi;

9. Katta suv xavzalarida cho‘milish uchun mo‘ljallangan joylardagina cho‘milish kerak. Suv yoqasidan uzoqqa ketmaslik lozim;

10. Suvga sakrash juda xavfli. Agar sakrash mumkinligi haqida e’lon mavjud bo‘lmasa, sakramagan ma’qul. Ko‘rinmas toshlar, singan daraxt yoki tashlangan temir bola sakraganda tanasiga katta ziyon yetkazishi mumkin;

11. Bola balonda bo‘lsa ham suvda yolg‘izlatish mumkin emas. Odatda kichik yoshdagi bolalar cho‘kkanidan emas, suvga qaqalib yoki balonda ag‘darilib qolganidan nobud bo‘ladilar;

12. Bola doim ota-onaning ko‘z oldida bo‘lishi kerak.

Xavfsizlik haqida gapirsa uning cheki bo‘lmaydi. Xavfsizlikka nafaqat yoz kunlarida balki yil mobaynida rioya qilish kerak. Afsuski, aynan yoz kunlarida bola bilan noxush holatlar ko‘proq yuz beradi.

Statistikaning ko‘rsatishicha, aynan yoz ta’til kunlarida bolalar bilan sodir bo‘ladigan favqulotta holatlar bir necha barobar ko‘proq yuzaga keladi.

Shuning uchun ta’til kunlari bolani zerikmasligini ta’minlab, unga yoqimli faoliyat bilan shug‘ullanib bekorchi bo‘lmasligiga imkoniyat yaratib berish kerak.

Dam olish maskanlari, oromgohlarda esa, eng muhimi ehtiyotkorlik va xushyorlik. Bunday joylarda ota-onaning bolada bo‘lgan e’tibori 10 karra ko‘proq bo‘lishi talab etiladi.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!