Bilasizmi?

Toshkentdagi parkka fransuz charxpalagi o‘rnatildi

Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi parkka haqiqiy fransuz charxpalagi o‘rnatildi, deb xabar berdi bog‘ ma’muriyati o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Attraksion Parijdagi Eyfel minorasi yaqinida o‘rnatilgan charxpalak bilan bir xil bo‘lib, u 100 yildan buyon jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan Fransiya kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

"Attraksionni yaratishda qo‘lda tayyorlangan va mualliflik bezaklaridan foydalanildi. Qorong‘i tushganida charxpalakni 2000 ta turli chiroqlar yoritib, u harakatsiz turganida ham xuddi harakatlanayotgandek tasavvur hosil qiladi", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent ko‘chalarini bezatish bilan Moskvadagi mashhur “Zaryade” parkini qurgan Rossiyaning "Strelka" konstruktorlik byurosi shug‘ullanishi xabar qilingandi.