Bilasizmi?

Xarakterni ovqat orqali to‘g‘irlaymiz

Har bir bolaning o‘z dunyosi bor. Misol usun Mubina ertalabdan kechgacha kutubxonada o‘tirib fizikadan olimpiadaga tayyorlansa, Murodni besh minut ham dars tayyorlattirolmaysan.  Manzura do‘stlarisiz hayotini tasavvur etolmaydi, Nigora esa vaqtni kitoblar va kompyuter bilan o‘tkazganda maza qiladi. Psixologlarning ta’kidlashicha, bolalarning yomon odatlari-yu, ba’zi kamchiliklarini ular uchun maxsus taomnoma tuzib to‘g‘irlash mumkin ekan. Janjalkash uchun suli yormasi Farzandingiz o‘ta bahslashuvchanmi? Agar o‘g‘lingiz yoki qizingiz judayam hujumkor bo‘lsa, bundan sira xavotirlanmang. Yaxshisi uni biron bir jang san’ati bilan shug‘ullanishiga imkon yarating. Bunday bolalarning taomnomasidan nitrat kaliy (Ye-252), nitrat nitriy(Ye-251), nitrit natriy(Ye-250) kabi kimyoviy qo‘shimchali mahsulotlarni chiqarib tashlang. Nitrat va nitraitlar dudlangan go‘sht mahsulotlari, kolbasa, sosiska kabilarga qo‘shiladi. Kimyoviy qo‘shimchalar bu mahsulotlarga chiroyli pushti rang berish uchun qo‘shiladi.. bunday qo‘shimchalarning o‘smir organizmiga ortiqcha miqdorda tushishi ularda asabiyltk va o‘ta hujumkorlikni keltirib chiqaradi. Alohida menyu Nitratli mahsulotlarni tabiiy go‘sht va baliq mahsulotlariga almashtiring.sabzavot sotib olishda esa uncha katta bo‘lmaganlarini tanlang. Unutmang, yirik karam, sabzi va kartoshkada nitratlar ko‘p miqdorda yig‘ilgan bo‘ladi. Ertalabki nonushtaga suli yormasidan bo‘tqa tayyorlang. Umuman yormalar bola organizmiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatib, suyakka va mushaklarni mustahkamlaydi. Undagi magniy elementi qon aylanishini yaxshilaydi. Magniy ayniqsa tarvuzda juda ko‘p. Shunday ekan o‘smirning taomnomasiga olma, grechixa bo‘tqasi va qaynatilgan lavlagidan tayyorlangan turli salatlarni kirgizing. Ko‘p o‘tmay farzandingiz xulqidagi ijobiy o‘zgarishlar sizni xursand qilishi aniq.

Qitmirlar uchun tovuq go‘shti Sal avvalroq gapga quloq soladigan va yuvosh bolangiz sal narsaga jahli chiqadigan, qaysar va qitmir bolaga aylanib qolgani sizni xavotirga solyaptimi? Xuddiki uning ichiga jin kirib olgandek gap qaytaradi, biror ish aytsangiz teskarisini qiladi. Xavotirga o‘rin yo‘q. Bunday bolalarda fosfor-kalsiy almashinuvi buzilishi oqibatida shunday salbiy xislatlar paydo bo‘lgan. Alohida menyu Betgachopar bolaning  taomnomasi asosan uglevod va oqsilga boy mahsulotlardan tashkil topsin. Unga nonushtada tuxum, tvorog, bifshteks berish mumkin. Tushlikda sabzavotlardan salat, sabzavotli karam sho‘rva berish mumkin. Shirinliklar taomnomadan chiqarilgani ma’qulroq. Ko‘proq tovuq va baliq go‘shti yeyish foydali. Bunday bolalarga vitamin B3, B6 li mahsulotlarni ko‘proq berish kerak. Chunki ushbu vitaminlar tinchlantiruvchi hisoblanib, uyquni yaxshilaydi.

Selderey tushkunlikdan asraydi Farzandingiz doim hamgin, o‘ziga ishonmay yuradimi? Kichkinagina muammoni ham katta tashvish deb qabul qiladimi? Bunga sabab uning organizmida B guruh vitaminlari yetishmayotganligi bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniya da o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, har tomonlama to‘kis insonlar ham niatsin(vitamin RR) yoki foliy kislotasi yetishmaganda tushkunlik holatiiga tushishadi. O‘smirlarda esa bu vitaminga bo‘lgan ehtiyoj katta yoshlilarga qaraganda yuqoriroq. Alohida menyu Seldereyning birgina shoxchasi qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi bilan yeyilsa o‘smirdagi yuqoridagi vitaminlar yetishmovchiligini to‘liq bartaraf etish mumkin. Niatsin qush go‘shtlari, yangi baliq, yong‘oqlar, anjir, qora olxo‘rida ko‘p. Qolavesa, ozgina shokolad, banan ham juda foydali.

Qaysi qasl bo‘lishidan qat’iy nazar o‘smirlar organizmi doim vitaminlarga muhtoj bo‘ladi. Shunday ekan ularning taomnomasini tabiiy vitaminlarga boy mahsulotlarbilan boyitish ular uchun faqat va faqat foyda keltiradi.

 Saida Ibodinova