Bilasizmi?

Yangiyo‘lda favvoralar va attraksionlar shaharchasi ochildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 30 avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U shahardagi yagona bog‘ bo‘lib, endilikda umuman o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi, deb yozadi Kun.uz.

"Bizning oilada 8 farzand bor. Bunga qadar bog‘larga kirish uchun Toshkent shahriga borardik. Yo‘l 30 kilometrni tashkil etadi. Endilikda, ona shahrimizda barcha zamonaviy attraksionlar bilan jihozlangan katta bog‘imiz bor. Keksa avlod vakillari ham favvoralarga boy bog‘ning soya-salqin qismida yozning issiq kunlarida hordiq chiqarishlari mumkin", - deydi shaharda istiqomat qiluvchi Gulmira Po‘latova.

3,2 gektarlik maydonga ega bog‘ hududi – faol hordiq chiqarish, madaniy dam olish ishqibozlari uchun haqiqiy sovg‘adir. Yoshlar esa qator zamonaviy attraksionlarga tushishlari mumkin.

Bog‘ direktori Jahongir Alimovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan 20dan ortiq attraksionlar olib kelinib, o‘rnatilgan. Bog‘ hududi ham obodonlashtirilgan. Mevali va dekorativ daraxtlar o‘tqazildi. Turli shirinliklar bilan to‘la bir necha kafe ish boshladi.